Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Ukraina inqirozini hal qilishda» «o‘z xavfsizligini ta’minlash»ni asosiy shart deb biladi. «Biz uchun asosiy narsa xavfsizlik manfaatlarimizni hal qilishdir», dedi u.
Kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya kurashni davom ettirishga tayyorligini» aytdi.
«NATO a’zolari biz bilan jang qilishdan charchaganda, ulardan so‘rang. Biz bu kurashni davom ettirishga tayyormiz», — dedi Putin.