Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Hizbulloh Isroil harbiy bazasiga zarba berdi

Hizbulloh Isroil harbiy bazasiga zarba berdi

Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan «Hizbulloh» armiyasi Hayfa shahri g‘arbidagi, Isroil havo mudofaa kuchlari bazasi joylashgan Kiryat Eliyezer chekkasida uchuvchisiz havo vositalaridan foydalangan.

Bu haqda Hizbullohning o‘zi ma’lum qildi.

«Uchirilgan uchuvchisiz samolyotlar yerdagi nishonlarni aniq nishonga oldi va dushmanga zarar yetkazdi», — dedi Hizbulloh matbuot xizmati.

Avvalroq «Hizbulloh» uchuvchisiz uchoqlari Hayfa janubi-sharqida joylashgan Nesher shahridagi harbiy ob’ektga hujum qilgan edi.

Isroil axborot manbalari yangi zarbalarga izoh bermayapti.

Kiritildi: 16:48 19.10.2024. O'qildi: 2709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!