2024 YR4 asteroidining Oy bilan to‘qnashuvi kosmik sun’iy yo‘ldoshlar, astronavtlar va Yer sun’iy yo‘ldoshidagi tuzilmalarga xavf tug‘diradi.
Bu haqda G‘arbiy Ontario universitetining astronomiya va fizika professori Pol Vigert ma’lum qildi.
"To‘qnashuv Oyda zarbali krater hosil qilishi mumkin, uning kengligi 1 km.ga baholanmoqda. Bu Oy bilan so‘nggi 5 ming yildagi eng yirik to‘qnashuv bo‘lardi va 108 kggacha oy toshlari va changlarini chiqarib yuborishi mumkin. O‘nlab santimetr kattalikdagi vayronalar Oyni tadqiq qilishlari mumkin bo‘lgan har qanday konstruksiya va ular uchun xavf tug‘dirishi mumkin" - dedi Vigert.
Uning ta’kidlashicha, bu to‘qnashuv Yer aholisi uchun alohida xavf tug‘dirmaydi. Ammo kosmosda navigasiya va aloqani ta’minlaydigan ko‘plab sun’iy yo‘ldoshlar mavjud bo‘lgani uchun, oy changining qoldiqlari bu sun’iy yo‘ldoshlarga zarar etkazishi mumkin.
Vigertning qo‘shimcha qilishicha, to‘qnashuv momenti 2032 yilga mo‘ljallangan va odam uni oddiy ko‘z bilan ko‘ra oladi.
Telekanal xabar berishicha, asteroid dastlab Yer tomon yo‘l olgan va uning sayyora bilan 2032 yilda to‘qnashishi ehtimoli yuqori bo‘lgan. Biroq, bugungi kunda olimlar Yerdan 2024 YR4 masofasini payqashdi.