Bu o‘tgan yilgidan 13,2 foizga ko‘p. Yil boshidan 9,7 milliondan ortiq xorijiy fuqarolar kirib kelgan.
Mamlakat bo‘ylab eng mashhur sayohat yo‘nalishlari orasida an’anaviy tarzda Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent yetakchilik qilmoqda. Shu bilan birga, ekologik va gastronomik turizmga qiziqish sezilarli darajada oshgan — tobora ko‘proq mehmonlar Farg‘ona vodiysi hamda mamlakat janubiga sayohatni tanlamoqda.