Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Oktyabrda qaysi hududdagi davlat tashkilotlari xodimlariga eng ko‘p ish haqi ajratilgani ochiqlandi

A A A
Oktyabrda qaysi hududdagi davlat tashkilotlari xodimlariga eng ko‘p ish haqi ajratilgani ochiqlandi

Joriy yil oktyabr oyi uchun davlat tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga byudjet mablag‘lari hisobidan 5,8 trillion so‘m sarflandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, oktyabrda 2 million 478 ming 387 nafar xodimga byudjet mablag‘lari hisobidan 5 trillion 862 milliard 200 million so‘mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lab berilgan. Xususan:

  • Maktab ta’limi xodimlari uchun — 2,2 trillion so‘m (jami to‘lovning 37 foizi);
  • Sog‘liqni saqlash yo‘nalishida ishlovchilarga — 1,3 trillion so‘m (23 foiz);
  • Maktabgacha ta’lim xodimlariga — 383 milliard so‘m (7 foiz) ;
  • Oliy ta’lim vakillariga — 83,9 milliard so‘m (1 foiz);
  • Boshqa sohalar xodimlariga 1,9 trillion so‘m (32 foiz) to‘lab berilgan.

Hududlar kesimida olganda ish haqlari uchun eng ko‘p mablag‘ Toshkent shahriga yo‘naltirilgan — 712 milliard so‘m. Eng kam pullar esa Sirdaryo viloyatiga ajratilgan — 180 milliard so‘m.

Qolgan hududlardagi byudjet xodimlariga quyidagicha mablag‘ yo‘naltirilgan:

  • Qoraqalpog‘iston — 385,8 milliard so‘m;
  • Andijon viloyati — 479,1 milliard so‘m;
  • Buxoro viloyati — 344,5 milliard so‘m;
  • Jizzax viloyati —251,4 milliard so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 481,6 milliard so‘m;
  • Navoiy viloyati — 255,5 milliard so‘m;
  • Namangan viloyati — 428,7 milliard so‘m;
  • Samarqand viloyati — 587,5 milliard so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 429,5 milliard so‘m;
  • Toshkent viloyati — 441,6 milliard so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 581,9 milliard so‘m;
  • Xorazm viloyati — 303,1 milliard so‘m.
Kiritildi: 14:06 10.11.2023. O'qildi: 931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!