Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Ohangaronda bedarak yo‘qolgan erkakni topishda ko‘maklashganlarga mukofot puli beriladi

Ohangaronda bedarak yo‘qolgan erkakni topishda ko‘maklashganlarga mukofot puli beriladi

Bedarak yo‘qolgan Mardonbek Akrom o‘g‘lini topishda ko‘maklashgan fuqarolar mukofotlanadi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati.

Unga ko‘ra, 1997 yil 29 avgust kuni tug‘ilgan Jurgunov Mardonbek Akrom o‘g‘li yashash manzili (Ohangaron tumani “O‘zbekiston” mahallasi Gulzor ko‘chasi 65-uy)dan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

Alohida belgilari: bo‘yi — 175 sm, o‘rtacha gavdali, bug‘doyrang, sochi qora, ko‘z-qoshi qora rangda (chap qo‘l yelkasidan tirsagigacha koreys tilida “onajonim” deb yozilgan yozuv bor).

Ushbu shaxs to‘g‘risida biror ma’lumotga ega fuqarolardan “102” yoki +998703020510, +998910054022, +998908063121, +998935521795 telefon raqamlari orqali xabar berish so‘raldi.

Mardonbek Akrom o‘g‘lini topishda ko‘maklashgan fuqarolar o‘n million so‘m bilan mukofotlanadi.

Kiritildi: 23:43 20.07.2024. O'qildi: 2127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!