Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Og‘ir atletika bo‘yicha Yevropa chempioni Islomni qabul qildi

Og‘ir atletika bo‘yicha Yevropa chempioni Islomni qabul qildi

Og‘ir atletika bo‘yicha 2018 va 2019 yillarda Yevropa chempioni, latviyalik og‘ir atletikachi Rebeka Koxa o‘zining musulmon bo‘lganligini e’lon qildi.

22 yoshli sportchi muxlislaridan uning qarorini hurmat qilishni va yalang‘och tana qismlari ko‘rinadigan fotosuratlarini endi chop etmaslikni so‘radi. Koxa Instagramdagi barcha fotosuratlarni olib tashladi va hijobda bo‘lgan faqat bitta fotosuratini qoldirdi.

“Men hayotimda eng muhim qaror qabul qildim. Men baxtli va minnatdorman, deb ayta olaman. To‘g‘ri ish qilganimga aminman.

Men so‘ragan yagona narsa - bu hurmat. Agar aytadigan yaxshi gapingiz bo‘lmasa, gapirmaganingiz yaxshiroq bo‘ladi.

Bugun men uchun alohida kun, chunki men musulmon bo‘ldim. Men shahodat kalimasini aytdim va Islomni qabul qildim. Shu daqiqadan aminmanki, mening hayotimda yangi, go‘zal qism boshlanadi.

Shu munosabat bilan sizdan sochlarim, qo‘llarim, bo‘yinlarim va oyoqlarim ko‘rinadigan fotosuratlarni nashr qilmasligingizni yoki tarqatmasligingizni so‘rayman", deb yozdi Koxa.

Shu yil boshida Koxa qatarlik disk otuvchi Muhammad Ibrohim Muozga turmushga chiqmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 16:09 29.07.2020. O'qildi: 4795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!