Bugun 21 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

OFK prezidenti O‘zbekistonni tabrikladi!

OFK prezidenti O‘zbekistonni tabrikladi!

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Osiyo kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritgani munosabati bilan tabrik yo‘lladi

Osiyo futbol konfederasiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Osiyo kubogida chempionlikni qo‘lga kiritgani munosabati O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti Bahodir Qurbonov nomiga tabrik yo‘lladi.

“Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritganingiz bilan Sizni va O‘zbekiston futbol oilasini chin qalbimdan tabriklashdan mamnunman.

O‘zbekistonning musobaqa davomida ko‘rsatgan ajoyib o‘yinlari yurtingizda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish yo‘lida amalga oshirilgan mehnat va sa’y-harakatlaridan dalolatdir.

Islom Ismoilov va butun jamoaga turnir davomida namoyish etgan yorqin o‘yinlari uchun minnatdorchilik bildiraman va FIFA U-17 Jahon chempionatida ham muvaffaqiyat tilayman!

O‘zbekiston futbol jamoatchiligiga esa kelgusi faoliyatida zafarlar tilayman”, deyiladi OFK prezidentining tabrigida.

Kiritildi: 23:51 20.04.2025. O'qildi: 937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!