Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Odil Ahmedov Elit OCHL qur’asida ishtirok etadi — Ronaldu O‘zbekistonga kelishi mumkin

Odil Ahmedov Elit OCHL qur’asida ishtirok etadi — Ronaldu O‘zbekistonga kelishi mumkin

Krishtianu Ronaldu to‘p suradigan «An-Nasr»ning Toshkent yoki Farg‘onaga kelishini Odil Ahmedovning «hal qiladi».

O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq sardori 18 avgust kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda o‘tkaziladigan Osiyo Chempionlar ligasi Elite musobaqasi liga bosqichiga qur’a tashlash marosimida ishtirok etadi.

Qur’a marosimi mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da Grand Hyatt Kuala Lumpur mehmonxonasida boshlanadi. Unda 2026/27 yilgi mavsum liga bosqichida jamoalarning raqiblari hamda uchrashuvlarning uy yoki safarda o‘tkazilishi aniqlanadi.

O‘zbekistondan «Neftchi» va «Paxtakor» G‘arbiy mintaqa qur’asida ishtirok etadi. «An-Nasr» ushbu klublardan biriga safar raqibi sifatida tushsa, Saudiya Arabistoni jamoasi mos ravishda Farg‘ona yoki Toshkentga keladi.

Shu tariqa, qur’a natijasi Krishtianu Ronaldu va «An-Nasr» yulduzlarining O‘zbekistonda maydonga tushish-tushmasligini ham belgilab beradi.

«Paxtakor» saralash bosqichida Iordaniyaning «Al-Husayn» jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etib, liga bosqichiga yo‘llanma oldi. Toshkentliklarning gollariga Dostonbek Hamdamov ikki marta va Bashar Resan bir marta mualliflik qildi.

2026/27 yilgi mavsumdan Osiyo Chempionlar ligasi Elite ishtirokchilari soni 24 tadan 32 taga oshirildi. Osiyo futbol konfederasiyasi qur’a 18 avgust kuni Kuala-Lumpurda o‘tkazilishini rasman tasdiqlagan.

Kiritildi: 16:39 17.08.2026. O'qildi: 908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!