O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Ichki ishlar vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 8 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, 1980 y.t., TURSUNTOSh QODIROVA Toshkent shahriga deportasiya qilindi. Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raladi.
Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida
Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.