Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Ochoa, Messi va Ronaldu: Tarixga kirgan futbolchilar ro‘yxati kengaymoqda

Ochoa, Messi va Ronaldu: Tarixga kirgan futbolchilar ro‘yxati kengaymoqda

40 yoshli darvozabon Gilyermo Ochoa Meksika terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun tarkibiga kiritildi.

Futbolchi Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu qatorida o‘z faoliyatida oltinchi Jahon chempionatiga boradigan milliy terma jamoa tarkibidan joy oldi.

2006 va 2010 yilgi mundiallarda Ochoa Meksika terma jamoasining uchinchi darvozaboni sifatida qatnashgan va maydonga tushmagan edi. Shunday qilib, Ochoa hozirgacha uchta Jahon chempionatida o‘ynagan. Bo‘lajak musobaqa esa u uchun to‘rtinchisi bo‘lishi mumkin.

Messi va Ronaldudan tashqari, beshta Jahon chempionatida Antonio Karbaxal, Rafael Markes, Andres Guardado (barchasi Meksikadan) va Lotar Matteus (FRG / Germaniya) ishtirok etishgan.

Kiritildi: 23:32 01.06.2026. O'qildi: 143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!