Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

OCHL2. "Andijon" qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda golsiz durang o‘ynadi

OCHL2. "Andijon" qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda golsiz durang o‘ynadi

Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasi "B" guruhidan o‘rin olgan “Al-Xolidiya” — “Andijon” uchrashuvi durang natija bilan yakunlandi. Shaskix jamoasi turnirda ketma-ket 0:0 hisobini qayd etmoqda.

Uchrashuv boshidanoq “Andijon” raqib darvozasi tomon bosimni oshirdi. Bir necha bor burchak zarbalari orqali xavfli vaziyatlar yaratildi, ammo aniqlik yetishmadi. Shaxzod Azmiddinov 17-daqiqada zarba yo‘lladi, biroq to‘p nishonga yetib bormadi.

Birinchi bo‘lim o‘rtalarida raqibning qo‘pol o‘yini sababli Sardor Azimov jarohat olib, maydonni tark etdi. Bu vaziyatda hakam raqib futbolchisini maydondan chetlatishi kerak edi. Ammo koreyalik referi faqat sariq kartochka bilan cheklandi. Bo‘lim yakunlanishiga yaqin “Andijon” darvozaboni Tokotayev bir nechta muhim seyvlar bilan jamoani goldan saqlab qoldi — ayniqsa 48-daqiqadagi ustunga tekkan zarbadan so‘ng u qahramonga aylandi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yin sur’ati biroz pasaydi, lekin andijonliklar qarshi hujumlarda faol bo‘lishdi. Bektemir Abdumannonovning xavfli uzatmasi golga aylanmadi. Tokotayev esa yana bir necha bor raqib zarbalarini qaytarib, jamoani qutqardi.

O‘yin so‘ngida “Andijon” safida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi: Azmiddinov o‘rniga Ashurov, Jo‘raqoziyev o‘rniga Akinade, Damir Temirov o‘rniga Saidnurollayev va Abdumannopov o‘rniga Shohjaxon Yorqinboyev maydonga tushirildi. Ammo hisob o‘zgarmadi.

Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi: Tokotayev — bir nechta ishonchli seyvlar bilan jamoani mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

“Andijon” shu tariqa yana bir “nursiz durang” bilan kifoyalandi va jamoa 4 ochko bilan "B" guruhida 3-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa keyingi bahsni "Arkadag‘"ga qarshi o‘tkazadi.

OCHL-2. "B" guruhi, 4-tur
“Al Xolidiya” — “Andijon” 0:0

Jamoa O‘yin G‘alaba Durang Mag‘-t T - N Ochko
1 Al-Ahli Doha 5 1 4 0 5-4 7
2 Xolidiya 5 1 3 1 3-2 6
3 Andijon 4 0 4 0 0-0 4
4 Arkadag‘ 4 0 3 1 3-5 3

Kiritildi: 23:41 05.11.2025. O'qildi: 717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!