O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni va Toshkent viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va boshqa tegishli nazorat organlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2024 yildagi ochiq muloqotida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish dasturi doirasida qabul qilingan Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 100dan ziyod tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida seminar tashkillashtirildi.
O‘tkazilgan seminar davomida ochiq muloqotda belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish, tadbirkorlar muammolarni hal etishga doir berilgan topshiriqlar, ishbilarmonlik va investisiya muhitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar buyicha tushuntirishlar berildi.
O‘tkazilgan seminar uchrashuv davomida tadbirkorlarni qiziqtirgan barcha savollarga tegishli sohaviy nazorat organlari tomonidan batafsil javob berildi.
Shuningdek, bu borada boshqa yo‘nalishdagi Tadbirkorlik subyektlari bilan ham uchrashuvlar davom ettirilmoqda.
Biznes Vakil devoni matbuot xizmati