Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Obid Xakimov Nyu-Yorkda BMT shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan ”Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash: O‘zbekiston nuqtai nazari” mavzuidagi brifingda nutq so‘zladi

A A A
Obid Xakimov Nyu-Yorkda BMT shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan ”Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash: O‘zbekiston nuqtai nazari” mavzuidagi brifingda nutq so‘zladi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Xakimov Nyu-Yorkda BMT shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan ”Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash: O‘zbekiston nuqtai nazari” mavzuidagi brifingda nutq so‘zladi.

Markaz direktori O‘zbekistonning ochiq tashqi iqtisodiy siyosati natijalari haqida so‘zlay turib, bu orqali erishilgan ulkan yutuqlar xususida gapirib berdi.

Obid Xakimovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar dunyoda qiziqish uyg‘otdi va ma’qullanmoqda. Xususan, 2017 yilda Yevropa Ittifoqi bilan “to‘qimachilik protokoli” kuchga kirgan bo‘lsa, 2021 yilda O‘zbekiston GSP+ tizimining benefisiar mamlakatiga aylandi, 2022 yilda esa Cotton Campaign o‘zbek paxtasiga ochgan boykotni bekor qildi, bularning bari barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligini ko‘rsatadi.

Markaz rahbari boshlangan islohotlar kursini davom ettirish muhimligini qayd etib o‘tarkan, bugungi kunda O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish tarafdoriligini yana bir bor tasdiqlagan holda savdo hamkorlarini diversifikasiya qilish ustida ishlayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: 13:37 08.12.2023. O'qildi: 995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!