Bugun 5 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Obama yangi kitobida Putin haqida yozdi: U ko‘cha odamlariga o‘xshaydi

A A A
Obama yangi kitobida Putin haqida yozdi: U ko‘cha odamlariga o‘xshaydi

Yaqinda AQShning sobiq prezidenti Barak Obama o‘z memuarlarini kitob holida chop etdi. Ushbu avtobiografik asar qisqa muddatda bestsellarga aylandi. E’tiborlisi, Oq uyning oldingi rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.

«U ko‘cha qonunlari bo‘yicha tarbiyalanib, Chikagoni boshqargan shafqatsiz bosslarni eslatib yubordi» deb yozadi Obama Putin haqida.

Janob Barak nafaqat RF yetakchisini o‘zidan kelib chiqib tasvirlagan, balki bir nechta taqqoslash ishlarini ham «olib borgan»

«Instagramdagi o‘smir kabi u doimiy ravishda fotosessiyalar uyushtirdi, muskullar energiyasini tashuvchi erkakning deyarli kinoyali timsolini yaratdi (Putin ko‘ylak kiymasdan ot minadi), shu bilan birga, tashqi kuchlar rus qadriyatlarini buzishga urinayotganini ta’kidlab, shovinizm va gomofobiyani namoyish qildi» — deb yozadi AQShning 44-prezidenti.

Obamaning ta’kidlashicha, Putin RFga qudrat va jozibani qaytarish uchun ko‘p ish qildi, ammo Rossiya hatto yadro quroliga ega bo‘lsa-da, amerikaliklar bilan solishtirganda, endi buyuk davlat emas.

«Rossiya iqtisodiyoti Italiya, Kanada va Braziliya iqtisodiyotiga nisbatan kichik va deyarli butunlay neft, gaz, foydali qazilmalar hamda qurollarning eksport qilinishiga bog‘liq bo‘lib qolgan», — deya ta’kidlaydi Obama.
 

Kiritildi: 13:55 25.11.2020. O'qildi: 3003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!