Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

OB-HAVO: O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilmoqda

OB-HAVO: O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilmoqda

25-27 sentyabr kunlari O‘zbekistonga Volga bo‘yidan salqin va biroz nam havo kirib keladi.

25 sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 26-27 sentyabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.

25-26 sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 27 sentyabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin.

25 sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida, 26 sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 27 sentyabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda (2500 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

26 sentyabrda shimolda, 27 sentyabrda respublikaning barcha hududlarida havo harorati kechalari +10+13 gacha, kunduz kunlari +22+25 gacha pasayadi.

Kiritildi: 13:09 23.09.2022. O'qildi: 5505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!