Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

OAVda Germaniyaning yuqori martabali harbiylari o‘rtasida Qrim ko‘prigiga hujum qilish rejalari muhokama qilingani haqida xabarlar tarqaldi

OAVda Germaniyaning yuqori martabali harbiylari o‘rtasida Qrim ko‘prigiga hujum qilish rejalari muhokama qilingani haqida xabarlar tarqaldi

"Nemis ofiserlari suhbatining yozuvi e’lon qilinishi Germaniya Qurolli kuchlari uchun "yoqimsiz syurpriz" bo‘ldi. Bundesver bu haqiqiy ekanini hali rasman tasdiqlamagan bo‘lsa ham, ko‘p narsa yozuvning haqiqiyligidan dalolat beradi", deb yozadi Bild.

Manbaga ko‘ra, Bundesver "zararni kamaytirishga uringan" holda mazkur suhbat yozuvini tarqatgan X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntlarni Germaniyada bloklangan. Nemis harbiylarining suhbatini kim va qanday yozib olishga muvaffaq bo‘lgani hozircha noma’lum.

Bild'ning qayd etishicha, suhbat ishtirokchilaridan biri Singapurdagi mehmonxonada bo‘lgan, shuning uchun u himoyalanmagan aloqadan foydalangan bo‘lishi mumkin.

Gap Russia Today bosh muharriri Margarita Simonyan tomonidan kecha, 1 mart kuni VKontakte'da e’lon qilingan suhbat stenogrammasi haqida ketmoqda. Simonyanning yozishicha, 19 fevral kuni Bundesver Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligining operasiyalar va mashqlar bo‘limi boshlig‘i Grefe, Bundesver inspektori Gerxars va Bundesver kosmik qo‘mondonligi havo operasiyalari markazi xodimlari Fenske va Froshtedte o‘rtasida Taurus raketalari yordamida Qrim ko‘prigiga zarba berish haqida suhbat bo‘lib o‘tgan.

Kiritildi: 11:45 02.03.2024. O'qildi: 3951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!