Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

OAV: Nemis razvedkasi pandemiya Uxandagi “sizib chiqish” tufayli boshlanganini darhol aniqlagan, ammo Merkelning idorasi bu ma’lumotlarni oshkor qilmagan

OAV: Nemis razvedkasi pandemiya Uxandagi “sizib chiqish” tufayli boshlanganini darhol aniqlagan, ammo Merkelning idorasi bu ma’lumotlarni oshkor qilmagan

"Germaniya Federal razvedka xizmati (BND) 2020 yilda COVID-19 pandemiyasi Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyadan SARS-CoV-2 virusining sizib chiqishi tufayli yuzaga kelganligini aniqlagan. Biroq Federal kansler Angela Merkel ma’muriyati bu ma’lumotlarni jamoatchilikdan yashirgan", deb yozadi Süddeutsche Zeitung gazetasi.

Nashr manbalariga ko‘ra, BND rahbari Bruno Kal Merkelni virusning laboratoriya kelib chiqishi ehtimolini 80-95 foizga baholagan tergov jarayoni haqida shaxsan ma’lum qilgan. Biroq kansler idorasi bu ma’lumotni ommaga oshkor qilmaslikka qaror qilgan. 2021 yil dekabr oyida Olaf Shols kansler lavozimini egallagach Kal bu ma’lumotlarni unga yetkazgan.

Ammo faqat 2024 yil oxiriga kelibgina Germaniya hukumati BND xulosalarini tekshirish uchun tashqi ekspertlarga topshirdi. Tekshiruv natijalari hozircha ma’lum emas.

Rasmiylarning razvedka ma’lumotlarini yashirish qarori Bundestag raisi o‘rinbosari Volfgang Kubiki tomonidan tanqid qilindi. “Yashillar” partiyasi voqealarning xronologiyasini zudlik bilan tushuntirishni talab qilmoqda.

Kiritildi: 11:11 14.03.2025. O'qildi: 758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!