Armen Sarkisyan “Donesk Xalq Respublikasi boks federasiyasi” deb ataluvchi tashkilot rahbari hamda Ukraina urushida Rossiya tomonida urushayotgan “ArBat” (“Arman batalyoni”) qurolli bo‘linmasi asoschisi bo‘lgan. Sarkisyan, shuningdek, Ukraina sharqidagi Gorlovka shahri nomidan kelib chiqqan “Gorlovskiy” laqabi bilan tanilgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, u ushbu hududda ta’sirga ega bo‘lgan biznesmen bo‘lib, kriminal faoliyat bilan shug‘ullangan va Ukrainadan Rossiyaga qochib ketgan sobiq prezident Viktor Yanukovich tarafdori hisoblangan.
Avvalroq bir qator ommaviy axborot vositalari Armen Sarkisyan Moskvadagi “Alie parusa” turar-joy majmuasida portlovchi qurilma ishga tushirilishi natijasida og‘ir jarohat olgani haqida xabar bergan edi.
Sarkisyan Ukrainada qidiruvga berilgan bo‘lib, u “Evromaydon voqealari” paytida qotilliklarni tashkil etishda ayblangan.