Falastinning HAMAS harakati 2025 yil martiga mo‘ljallangan ichki saylovlar oldidan o‘ldirilgan Siyosiy byuro rahbari Yahyo Sinvarning o‘rniga o‘rinbosarni aniqlash niyatida emas. Bu haqda Saudiyaning «Asharq News» telekanali harakatdagi manbaga tayanib xabar berdi.
«[Hamas] harakati zarur shartlar mavjud bo‘lsa, kelasi yilning mart oyida bo‘lib o‘tadigan ichki saylovlar o‘tkazilgunga qadar Sinvarning o‘rinbosarini tayinlamaydi», — deb da’vo qilmoqda telekanalning o‘zini oshkor etmagan suhbatdoshi.