Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

OAV: Germaniya va Hindiston Ukraina harbiy-havo kuchlari uchun raketalar yetkazib berish bo‘yicha maxfiy muzokaralar o‘tkazmoqda

OAV: Germaniya va Hindiston Ukraina harbiy-havo kuchlari uchun raketalar yetkazib berish bo‘yicha maxfiy muzokaralar o‘tkazmoqda

Germaniya Hindiston bilan Ukraina Qurolli kuchlariga (UQK) bir necha yuz ming artilleriya snaryadlarini yetkazib berish bo‘yicha yashirin muzokaralar olib bormoqda.

Bu haqda “Spiyegel” nashri o‘z manbalariga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “Report” .

Hindiston rasmiylari Rossiya bilan munosabatlarni buzmoqchi emasligi sababli muzokaralar maxfiy o‘tayotgani ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari manfaatlariga mos keladigan bunday kelishuvlar arab davlatlari bilan ham bo‘lishi mumkin: “Ularning ba’zilarida raketalarning katta zaxirasi ham bor”.

Germaniya Mudofaa vazirligining Ukrainaga yordam ko‘rsatishni muvofiqlashtirish bo‘yicha tezkor guruhi rahbari general Kristian Freyding Germaniya hukumati 2024-yilda Ukraina uchun qurol sotib olish uchun 7 milliard yevro ajratishini ta’kidladi.

Kiritildi: 17:52 26.02.2024. O'qildi: 668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!