Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

OAV: AQSh o‘z qo‘shinlarini Nigerdan olib chiqishga rozi

OAV: AQSh o‘z qo‘shinlarini Nigerdan olib chiqishga rozi

Qo‘shma Shtatlar Nigerdan harbiy kontingentini olib chiqishga rozi bo‘ldi.

Bu haqda The Washington Post jurnalisti Jon Hudson X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Kurt Kempbell Niger bosh vaziri Ali Lamine Zeyn bilan uchrashuv chog‘ida “Amerika qo‘shinlarini G‘arbiy Afrika mamlakatidan olib chiqib ketish haqidagi talabini qabul qildi”. Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, "Qo‘shma Shtatlar uzoq vaqtdan beri qarshilik ko‘rsatgan bu harakat" Amerika kuchlarining G‘arbiy Afrikada aksilterror operasiyalarini o‘tkazishga tayyorligini o‘zgartiradi.

"Bosh vazir bizdan Amerika qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketishimizni so‘radi va biz bunga rozi bo‘ldik", deb iqtibos keltiradi jurnalist amerikalik tashqi siyosat bo‘yicha yuqori lavozimli amaldorning so‘zlaridan.

Reuters, o‘z navbatida, manbaga tayanib, yaqin kunlarda AQSh harbiy kuchlarini mamlakatdan olib chiqib ketish aynan qanday amalga oshirilishi bo‘yicha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tishini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 09:55 20.04.2024. O'qildi: 821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!