Dushanba oqshomida Manxetten markazidagi ofis binosida yuz bergan otishmada olti kishi, jumladan bir polisiyachi halok bo‘ldi.
Bu haqda Nyu-York polisiyasi vakiliga tayanib, NBC News xabar berdi.
Halok bo‘lganlar orasida Nyu-York polisiyasi xodimi ham bor. Huquq-tartibot organlaridagi manbalarning aytishicha, otishmani sodir etgan shaxs o‘z joniga qasd qilgan.
Jinoyatning aniq motivi noma’lumligicha qolmoqda. Tergovchilar hujumchining shaxsiga qarab turli versiyalarni ko‘rib chiqmoqda.