Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yig‘ilishlari arafasida Nyu-York markaziga yig‘ilgan minglab odamlar AQSh prezidenti va boshqa dunyo yetakchilaridan iqlim o‘zgarishiga e’tibor berishni, yangi neft va gaz quduqlarini burg‘ilashni to‘xtatishni talab qilishdi, deb xabar beradi Kazinform.
Yakshanba kuni minglab odamlar Manxetten ko‘chalariga chiqib, dunyo yetakchilarini qazib olinadigan yoqilg‘idan voz kechishga chaqirishdi.
Iqlim o‘zgarishiga qarshi namoyishchilar soni koronavirus pandemiyasidan keyingi eng kattasi bo‘ldi. Ishtirokchilar Nyu-Yorkka mamlakatning turli burchaklaridan plakatlari bilan kelishdi. Ular orasida tibbiyot xodimlari va yadroviy qurolga qarshi faollar, rohiblar va imomlar, kasaba uyushmalari rahbarlari va aktyorlar, olimlar va talabalar bor.
Eslatib o‘tamiz, Jo Bayden ma’muriyati 2050 yilga borib AQShni uglerod gazidan neytral holga keltirmoqchi. Ushbu bandning amalga oshirilishi 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan Amerika prezidentlik saylovlarida Jo Bayden va umuman Demokratik partiyaning saylovda qo‘llab-quvvatlanishiga ta’sir qiladi.
Aksariyat respublikachilar neft, ko‘mir va tabiiy gazni qidirish va qazib olishni kengaytirishni qo‘llab-quvvatlaydi.