Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Nyu-Yorkda polisiya robot-itlari ko‘chalarni qo‘riqlamoqda (video)

A A A
Nyu-Yorkda polisiya robot-itlari ko‘chalarni qo‘riqlamoqda (video)

AQShning Bronks ko‘chalarini Nyu-York shahar polisiya departamentining polisiya robot-iti qo‘riqlamoqda, deb xabar berdi "FNTV".

Ma’lumotlarga ko‘ra, robotga qorong‘ida nima bo‘layotganini ko‘rish imkonini beruvchi kameralar va chiroqlar o‘rnatilgan. Og‘irligi qariyb 70 kg ni tashkil etuvchi robot soatiga uch yarim mil tezlikda harakatlana oladi. Robot «Boston Dynamics» tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, qiymati taxminan 74,5 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Ta’kidlanishicha, dam olish kunlari robot-it Sharqiy 227-ko‘chadagi uyga bostirib kirgan talonchilarni ushlash operasiyasida qatnashgan. Robot uyga yugurib kirib, kerakli qavatga ko‘tarilgan va vaziyat ko‘zdan kechirgan.

Bu vaqt ichida polisiya robotning ko‘zlari bilan vaziyatni ko‘rib turgan.

 

Kiritildi: 04:30 26.02.2021. O'qildi: 1909 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!