Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Nyu-Yorkda kichik samolyot halokatga uchradi

Nyu-Yorkda kichik samolyot halokatga uchradi

Nyu-York shtatida bortida olti kishi bo‘lgan yengil samolyot qulashi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Mitsubishi MU-2B samolyoti Nyu-York shtati poytaxti Olbanidan taxminan 80 km janubda joylashgan Kopake shahri yaqinidagi dalaga qulagan.

Hodisa sabablari va bortdagi boshqa odamlarning sog‘lig‘i haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Mahalliy ma’murlar halokat sodir bo‘lgan hududdagi nam tuproq samolyotga kirishni qiyinlashtirganini aytdi.

Bu shu haftada shtatdagi ikkinchi aviahalokat: juma kuni Nyu-York shahrida sayyohlik vertolyoti Gudzon daryosiga qulab tushdi. Samolyotdagi olti kishining barchasi halok bo‘ldi.

Kiritildi: 12:33 13.04.2025. O'qildi: 780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!