13 dekabr kuni Nyu-York shtatidagi Styuart aeroporti uchish-qo‘nish yo‘laklarini vaqtincha yopib qo‘ydi. Bu haqda gubernator Keti Hokul ma’lum qildi. Gubernator dronlar ustidan nazoratni kuchaytirishga chaqirdi.
So‘nggi oylarda AQSh shimoli-sharqida noma’lum uchuvchisiz qurilmalar kuzatilgani haqidagi xabarlar ko‘payib bormoqda. Germaniyada ham noma’lum uchuvchisiz qurilmalar parvozlari qayd etilgan. Dekabr oyi boshida Germaniyaning Ramshteyn shahridagi muhim sanoat ob’ektlari va AQSh aviabazasi ustida bir nechta shunday qurilmalar kuzatilgan edi.