Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Nyu-York shahri oldida jiddiy xavf paydo bo‘ldi

Nyu-York shahri oldida jiddiy xavf paydo bo‘ldi

Nyu-York meri Erik Adams aholi va hukumat xodimlarini rekord darajada qurg‘oqchil oktyabr oyi sabab «har tomchi» suvni tejashga chaqirdi.

O‘tgan oy 1869 yildan beri yog‘ingarchilik bo‘lmagan ikkinchi eng uzun davr bo‘ldi.

«Hozir suvni tejashni boshlash orqali biz yozda akvaparklar va basseynlarni to‘ldirishimiz va yanada jiddiy qurg‘oqchilik vaziyatining oldini olishimiz uchun qo‘limizdan kelganini qilmoqdamiz», dedi janob Adams.

NBC New York nashrining ta’kidlashicha, 29 oktyabr kuni shaharda yog‘ingarchilik miqdori bir oy ichida birinchi marta o‘lchangan va taxminan 25 millimetrni tashkil etgan. Atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, shahardagi suv omborlari me’yordagi 76,6 foizga nisbatan 65,9 foizga to‘lgan.

Kiritildi: 17:21 03.11.2024. O'qildi: 3107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!