Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Nyu-Dehlidagi avtomobil portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetdi

 Nyu-Dehlidagi avtomobil portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetdi

Bu haqda NDTV xabar bermoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, fojiali hodisadan 30 dan ortiq inson jarohatlangan.

Portlash sababi hozircha aniqlanmagan. Shahar polisiyasining ma’lum qilishicha, portlash natijasida kamida 22 ta avtomobil yonib ketgan.

India Today'ning yozishicha, hodisadan so‘ng Hindiston Pokiston va Bangladesh bilan chegaralarda yuqori shaylik holatini joriy etgan.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, portlash mamlakat shimolida polisiya tomonidan portlovchi modda topilganidan bir necha soat o‘tib sodir bo‘lgan.

Kiritildi: 23:06 10.11.2025. O'qildi: 2184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!