Bugun 27 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Nyu-Dehli Moskvaga murojjaat qildi

Nyu-Dehli Moskvaga murojjaat qildi

Nyu-Dehli Rossiya qurolli kuchlarida yordamchi ishlarga joylashgan Hindiston fuqarolarini muddatidan oldin bo‘shatish talabi bilan Moskvaga murojaat qildi. Bu haqda Hindistonning The Hinduso internet nashri 23 fevral, juma kuni mamlakat tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Randhir Jaysval bayonotiga tayanib xabar berdi.

Avvalroq, 20 fevral kuni xuddi shu nashr Faysal Xon ismli vositachi tomonidan Rossiya armiyasida yordamchi ishlar uchun yollangan kamida uch hindistonlik Ukrainada Rossiya uchun jang qilishga majbur bo‘lganini yozgan edi.

Gazeta jabrlanganlarning biridan iqtibos keltirdi, ammo u o‘z ismini aytishdan bosh tortdi: «Biz bu yerga 2023 yilning noyabr oyida kelgan edik, armiya xavfsizligi bo‘yicha yordamchilar sifatida ish haqida shartnoma imzolashga majbur bo‘ldik. Jang maydoniga yubormasliklari va 1,95 million lakh rupiy (Hindistonda «lakh» so‘zi ko‘pincha 100 000 rupiyni bildiradi) maosh, oyiga 50 000 rupiy qo‘shimcha mukofot va’da qilindi. Ikki oylik 50 000 rupiy bonusdan tashqari, men hech qanday pul olmadim».

The Hindu nashrining yozishicha, so‘nggi bir yil ichida 100 ga yaqin hindistonlik Rossiya qurolli kuchlarida ishlash uchun yollangan. «2023 yil noyabr oyidan beri Rossiya va Ukraina chegarasidagi Mariupol, Xarkiv, Donesk, Rostov-Don shaharlarida 18 ga yaqin hindistonlik qolib ketdi, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘ldi», — deb yozadi nashr o‘z manbasidan iqtibos keltirgan holda.

Kiritildi: 19:28 24.02.2024. O'qildi: 2537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!