AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns Ukrainaga maxfiy tashrif bilan keldi. Bu haqda The New York Times (NYT) nashrida aytilgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Bernsning safari 22 fevral kuni AQSh moliyalashtirishining yangi miqdori tasdiqlanishi munosabati bilan Ukraina rasmiylarini «tinchlantirish» uchun bo‘lgan.
Qayd etilishicha , Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Rossiya Qurolli kuchlari urush boshlanganidan beri Ukrainaga o‘ninchi tashrifini amalga oshirgan.