AQShlik muzokarachilar Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha olib borilayotgan jarayonlar doirasida Rossiyaga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda The New York Times manbalariga tayanib xabar berildi.
Nashrga ko‘ra, tashrif faqat muzokaralarda sezilarli siljish kuzatilgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Hozircha AQSh tomoni safar samarali bo‘lishi uchun yetarli natijalar shakllanishini kutib turibdi.