O‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Nursulton Ro‘ziboyev Instagram tarmog‘idagi sahifasi orqali yangi jang bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi.
Hamyurtimiz o‘z storisida "Jang qabul qilindi. Raqib, sana va manzilni yaqinda aytaman, In Sha Alloh. Keyingi raqib top!", deya post yozib qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Nursulton Ro‘ziboyev 27 iyun kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tgan UFC Fight Night 280 turnirida rossiyalik Andrey Pulyayevga qarshi oktagonga chiqib, birinchi raunddayoq sabmishen evaziga zafar quchgandi. Uning UFC'dagi rekordi beshta g‘alaba va bitta mag‘lubiyatdan iborat bo‘lib turibdi.