Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Nukusda "Orol baliqlaridan 99 xil taom" gastronomik festivali boshlandi

Nukusda "Orol baliqlaridan 99 xil taom" gastronomik festivali boshlandi

Nukus shahrida 17-20 sentyabr kunlari II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali bo‘lib o‘tadi. Bugun mazkur nufuzli anjuman doirasida “Orol baliqlaridan 99 xil taom” xalqaro gastronomik festivali boshlandi.
Unda mamlakatimizning barcha hududlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlaridan baliq taomlari bo‘yicha mutaxassislar, mohir oshpazlar ishtirok etmoqda.

Nukus shahrining I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi atrofidagi maydonda oshpazlar baliq mahsulotlaridan palov, somsa, manti, sho‘rva, kabob va boshqa o‘nlab taomlar tayyorlab, o‘zaro bahslashmoqda. Ushbu jarayon hay’at a’zolari tomonidan kuzatib, baholab borilmoqda.

Birozdan so‘ng xalqaro gastronomik festivali g‘oliblari aniqlanadi.

Kiritildi: 22:17 16.09.2021. O'qildi: 2461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!