Hozirgi davrda xalqimizni inson salomatligiga zarar yetkazmaydigan sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, bu orqali ularning salomatligini asrash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Shunga qaramay, mamlakatimiz chegarasidan hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan xorijiy mahsulotlarni olib kirish holatlari uchrab turibdi.
Xususan, Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning qarorlariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi olib qo‘yilgan jami 316 dona chet elda ishlab chiqarilgan har xil nomdagi alkogol mahsulotlari, 101 dona tamaki mahsulotlari, iste’molga yaroqsiz holatda bo‘lgan oziq-ovqat va dori mahsulotlarini yo‘q qilish belgilangan.
Shu tariqa, sud qarorlarida belgilangan talablar to‘liq ijro etilib, inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarning muomaladan chiqarilishi ta’minlandi.