Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To‘rtko‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.T.” xususiy korxonasi va “Ch.Z.” oilaviy korxonasi mas’ul shaxslari fuqaro A.A.ga tegishli Nukus ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasi binosida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 1,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Olmazor tumani bo‘limi va Toshkent shahar ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.M. “Xonchorbog‘” MFY hududidagi xonadonida ishlab chiqarish sexi tashkil etib, tijorat maqsadida 4 dona elektr pechlarini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 567,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.