Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Nukus va Surxondaryoda yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Nukus va Surxondaryoda yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus shahar bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan A.E. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, Nukus shahar “Temir yo‘l” MFY hududidagi zaxiradagi 17,8 sotix yer maydonini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib olib berish evaziga 57 mln so‘mni olgan vaqtda ushlangan.

Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.T. Muzrabot tumanidagi meliorasiya bo‘limiga qarashli 0,20 gektar yer maydonini fuqaro A.E.ga firibgarlik yo‘li bilan baliqchilik ko‘li tashkil qilish uchun 5 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:55 07.06.2023. O'qildi: 1645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!