Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Nukus shahriga yangi avtobuslar olib kelindi

A A A
Nukus shahriga yangi avtobuslar olib kelindi

Nukus shahriga qariyb 11 mlrd so‘mlik mablag‘ evaziga lizing asosida Xitoy davlatidan 12 dona zamonaviy avtobuslar olib kelinib, foydalanishga topshirildi.

Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining axborot xizmati ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi I.Sdikov, Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari SH.Dauletyarov, Transport vaziri P. Kaipbekov yangi avtobuslardagi qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

Nukus shahrida jami 15 ta avtobus yo‘nalishlari tashkil etilib, bu yo‘nalishlarga 188 ta avtobus olib kelish rejalashtirilgan. Bugungi foydalanishga topshirilgan yangi avtobuslar bu boradagi yangi yo‘nalishlarning birinchisi hisoblanadi.

Kiritildi: 02:21 21.01.2025. O'qildi: 1170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!