AQSh Adliya vazirligi bayonotida aytilishicha, Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi aeroportda yakshanba kuni AQShning Tel-Avivdagi elchixonasi filialini portlatishga uringanlikda gumon qilinayotgan erkak qamoqqa olingan.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh va Germaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan Jozef Noymayer ismli erkak 19 may kuni Isroilda dushmanona to‘qnashuvdan so‘ng hibsga olingan. Noymayer o‘sha kuni erta ofis oldidagi qo‘riqchiga tupurgan. Bayonotda aytilishicha, qo‘riqchi Noymayerni ushlab qolishga uringan, ammo u yonidagi ryukzakni tashlab, qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
Bayonotda ta’kidlanishicha, u to‘qnashuvdan so‘ng elchixonada qoldirgan ryukzakni tekshirish chog‘ida "Molotov kokteyli sifatida keng tanilgan uchta oddiy qo‘lbola yondiruvchi qurilma topilgan".
Polisiya xodimlari Neymayerni hibsga olingan mehmonxonagacha kuzatib borishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, 28 yoshli Noymayer ijtimoiy tarmoqlarda quyidagicha xabar qoldirgan: "Men Tel-Avivdagi elchixonaga o‘t qo‘yganimda menga qo‘shiling. Amerikaga o‘lim, amerikaliklar va la’nati G‘arbga o‘lim."
Shuningdek, u ijtimoiy tarmoqlarda AQSh prezidenti Donald Trampni o‘ldirish bilan tahdid qilgan, deyiladi bayonotda.