Bugun 14 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Noyer Chempionlar ligasi tarixida eng yoshi katta nemis futbolchisiga aylandi

Noyer Chempionlar ligasi tarixida eng yoshi katta nemis futbolchisiga aylandi

Myunxenning «Bavariya» klubi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining yangi mavsumini o‘z maydonida Norvegiyaning «Budyo-Glimt» jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etib, muvaffaqiyatli boshladi.

Myunxenliklar darvozaboni Manuel Noyer uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi va Chempionlar ligasi tarixida maydonga tushgan eng yoshi katta nemis futbolchisiga aylandi. Bu haqda Bayern & Germany xabar berdi.

Uchrashuv vaqtida Noyerning yoshi 40 yosh 167 kunni tashkil qildi. Shu tariqa u vatandoshi Yens Lemanning rekordini yangiladi. Lemann Chempionlar ligasida 40 yosh 127 kunligida maydonga tushgan edi.

Kiritildi: 16:15 11.09.2026. O'qildi: 649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!