Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bu haqda Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tayotgan BRICS sammitida jurnalistlarga maʻlum qildi.
"Agar Zelenskiy Putin bilan uchrashmoqchi bo‘lsa, Moskvaga kelsin. Rossiya Ukraina bilan muzokaralar olib borishga tayyor, ammo bu davrda harbiy harakatlarni to‘xtatmaydi", — dedi Rossiya TIV rahbari.
Sergey Lavrovning bayonoti Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan dekabr oyida Mayamida o‘tkazilishi rejalashtirilgan G20 sammitida uchrashishga tayyorligini aytgani ortidan yangradi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa bu uchrashuvni “imkonsiz” deb baholagan. U prezidentlar o‘rtasidagi muzokara faqat Rossiya poytaxtida bo‘lib o‘tishini aytgandi. Kremlda muzokaralar o‘tkazish uchun muqobil joy ko‘rib chiqilyaptimi, degan savolga Peskov "Zelenskiy bilan Moskvada uchrashishga tayyormiz. Bu boradagi taklifimiz hamon o‘z kuchida", deb javob bergandi.