Bugun 31 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Noyabrda ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan moddiy yordam beriladi

Noyabrda ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan moddiy yordam beriladi

O‘zbekistonda 2026/2027 yilgi isitish mavsumi munosabati bilan ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi. To‘lovlar noyabr oyida amalga oshiriladi.

Prezidentning 28 oktyabrdagi PF–236-son farmoniga muvofiq, mablag‘lar birinchi navbatda Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarga beriladi.

Shuningdek, reestrda bo‘lmagan, ammo "mahalla yettiligi" xulosasi bilan ehtiyojmand deb topilgan oilalar ham yordam olishi mumkin. Bunda oila a’zolariga to‘g‘ri keladigan daromad minimal iste’mol xarajatlarining ikki baravaridan oshmasligi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi.

Markazlashtirilgan isitish tizimiga ulangan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar uchun alohida talablar belgilangan. Ularning jon boshiga o‘rtacha oylik daromadi hududlarda minimal iste’mol xarajatlarining ikki, Toshkent shahrida esa uch baravaridan oshmasligi kerak.

Bundan tashqari, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi va yolg‘iz keksalar, tegishli reestrdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar tarbiyalanayotgan oilalarga ham moddiy ko‘mak nazarda tutilgan.

Belgilangan daromad chegarasidan yuqori ko‘rsatkichga ega ayrim ehtiyojmand oilalarga esa tuman yoki shahar shtabi qarori bilan yordam ajratilishi mumkin.

Ijtimoiy reestrga kiritilmagan oilalarning holati baholanganda "mahalla yettiligi" xulosasi inobatga olinadi.

Kiritildi: 11:17 30.10.2026. O'qildi: 1245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!