Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Novosibirsk va Samaradan yana 1792 nafar yurtdoshimiz olib kelindi

A A A
Novosibirsk va Samaradan yana 1792 nafar yurtdoshimiz olib kelindi

Rossiya Federasiyasining turli hududlaridan mamlakatimiz fuqarolarini maxsus poyezd reyslari orqali olib kelish jarayoni davom etmoqda.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan “Toshkent – Novosibirsk – Toshkent” va “Toshkent – Kinel – Toshkent” yo‘nalishlarida Rossiya Federasiyasining Novosibirsk va Samara viloyatlariga O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish uchun ikkita poyezd yuborilgan edi.  

Joriy yilning 18 sentyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 854 nafar yo‘lovchi bilan Novosibirsk stansiyasidan yo‘lga chiqqan edi. Bugun ushbu poyezd mamlakatimizga kirib keldi va Pop 2 stansiyasida kutib olindi.

Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar Namangan viloyati transport boshqarmasi tomonidan ajratilgan avtobuslarda Pop tumanidagi karantin zonasiga yetkazildi.

Shuningdek, 938 nafar yurtdoshlarimiz bilan 19 sentyabr kuni Kinel stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan poyezd bugun Toshkent janubiy vokzaliga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.

Kiritildi: 22:05 21.09.2020. O'qildi: 2156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!