Bugun 24 iyun, 2024 yil, dushanba

КИР

Notcoin jamoasi 10 sutkaga qamalgan surxondaryolik talabaga iPhone yubormoqchi

Notcoin jamoasi 10 sutkaga qamalgan surxondaryolik talabaga iPhone yubormoqchi

Avval aytilganidek, Termiz davlat universitetining 24 yoshli talabasi I.N. o‘ziga tegishli telefon va plastik kartada kripto aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan shug‘ullanganligi aniqlangan.

Ayblanuvchi sud majlisida o‘z aybiga iqror bo‘lib, “Telegram"da kripto-aktiv yig‘ib, Notcoinni 800 ming so‘mga sotganini qo‘shimcha qildi. Bu qilmishining noqonuniyligidan bexabarligini, oilada yagona boquvchi ekanligini aytib, suddan jazoni yengillashtirishni so‘radi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yanvar oyida qo‘shilgan va joriy yilning aprel oyida kuchga kirgan 155−4-modda kripto-aktivlarni noqonuniy egallash, sotish yoki almashtirish bilan bog‘liq javobgarlik belgilangan. Unda 15 sutkagacha qamoqqa olish yoki BHMning 20 dan 30 baravarigacha (6,8−10,2 mln so‘m) jarima solish nazarda tutilgan.

Ushbu xabarni “X” ijtimoiy tarmog‘idagi kriptoyangiliklar ulashib boruvchi “Web3_Vibes” sahifasi ulashdi. Uning ostida esa "Notcoin"ning rasmiy sahifasi yigitga yordam berishga tayyorligini bildirdi va mazkur holatga e’tiborini qaratdi.

“Uni qanday topish mumkin? Biz [unga] yangi iPhone yuborishga tayyormiz”, deya javob bergan Notcoin.

“Web3_Vibes” talaba uchun “bu ajoyib bo‘lardi” degan fikrga qo‘shildi.

Kiritildi: 00:21 14.06.2024. O'qildi: 13495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!