Moskvaning "Vnukovo" aeroportiga UTair aviakompaniyasining Moskva - Dubay yo‘nalishida parvoz qilayotgan samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu bir hafta ichida UTair samolyotlari bilan yuz bergan ikkinchi hodisa va 2025 yil boshidan buyon Rossiya aviakompaniyalari laynerlarining to‘rtinchi nosozligi hisoblanadi.
UTair ma’lumotlariga ko‘ra, samolyotning shoshilinch qaytishiga "gidravlik suyuqlik sathining o‘zgarishi" sabab bo‘lgan. Flightradar24 xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Boku yaqinida burilib, Moskvaga qaytib ketgan. Samolyot bortida 240 yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning hech biri jarohatlanmagan.
7 yanvar kuni Sankt-Peterburgdan Samarqandga uchayotgan UTair aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti ham nosozlik tufayli Vnukovo aEroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi.
4 yanvar kuni bir vaqtning o‘zida ikkita rus samolyoti parvozlar vaqtida texnik muammolarga duch keldi: Sharm-al-Shayxdan Yekaterinburgga parvoz qilgan "Uralskie avialinii" aviakompaniyasining Airbus A321neo samolyoti uchib ketish aEroportiga qaytdi; Volgograd - Yekaterinburg yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan NordStar aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti ham parvozni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.