Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Norvegiyada Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik o‘rmon yong‘inlari yuz berdi

Norvegiyada Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik o‘rmon yong‘inlari yuz berdi


​Oslodan 50 km g‘arbda OAV tomonidan mamlakatda Ikkinchi jahon urushi davridan beri eng yirigi deb atalayotgan yong‘inga qarshi kurash davom etmoqda. Bir kun avval boshlangan yong‘in Krokstadelva posyolkasidagi 100 dan ortiq turar joy binosini vayron qildi va yaqin atrofdagi o‘rmonga o‘tdi, deb xabar bermoqda "NRK" mediakompaniyasi.

Voqea ​joyida 12 ta o‘t o‘chirish mashinasi va ikkita vertolyot ishlamoqda, yana to‘rtta o‘t o‘chirish vertolyoti yo‘lda. 400 ga yaqin mahalliy aholi evakuasiya qilindi. O‘n kishi tutundan zaharlandi, ikki kishi shifoxonaga yetkazildi. Bir polisiyachi yengil jarohat oldi.

​Iyul oyi boshidagi haddan tashqari issiq va quruq ob-havo fonida o‘rmon yong‘inlari Ispaniya, Fransiya, Portugaliya, Gresiyada ham boshlandi. O‘nlab kishilar halok bo‘ldi, minglab odamlar evakuasiya qilindi, minglab gektar o‘simlik dunyosi vayron bo‘ldi.

Kiritildi: 21:31 18.07.2026. O'qildi: 1268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!