Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Norvegiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin

Norvegiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin

Norvegiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Mamlakat bosh vaziri Yonas Gar Styorening so‘zlariga ko‘ra, texnologiya kompaniyalari "balog‘atga yetmagan bolalarning miyasiga qarshi" tashkil etilgan bo‘lib, ularni "algoritmlar kuchidan" himoya qilish kerak.

Hozirda Norvegiyada 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda cheklovlar mavjud. Shu bilan birga, taqiq yaxshi samara bermayapti: o‘n yoshli bolalarning 58 foizi va o‘n bir yoshlilarning 72 foizi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi. Bolalarning cheklovni chetlab o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun rasmiylar shaxsiy ma’lumotlarga oid mahalliy qonunlarni ham o‘zgartirishni va yoshni rasmiy tekshirish mexanizmini joriy qilishni rejalashtirmoqda.

"Avstraliya hukumati xuddi shunday taqiqni sentyabr oyida ma’qullagan edi. Ushbu davlatda eng kam yosh hali aniqlanmagan, ammo pastki chegara 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lishi kutilmoqda", deb yozadi The Guardian.

Kiritildi: Bugun 08:55. O'qildi: 282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!