Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Norvegiya Ikkinchi Jahon urushidagi havo bombasini zararsizlantirdi

Norvegiya Ikkinchi Jahon urushidagi havo bombasini zararsizlantirdi

Norvegiyaning Elverum shahrida Ikkinchi jahon urushi davridagi portlamay qolgan bombani zararsizlantirish bo‘yicha yirik operasiya davom etmoqda.

1940 yil 11 aprelda fashistlar Germaniyasi tomonidan tashlangan 250 kilogrammli bomba Terningmoen harbiy poligonida topilgan. Og‘irligining yarmi portlovchi moddalardir va uning beqaror holati tufayli uni xavfsiz ko‘chirish mumkin emas.

"Tasodifiy portlash xavfi doimo mavjud. Detonatorlar harakatga, tebranishlarga va yuqori haroratlarga sezgir" - deydi portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassis Kris Taarnebyu Maukeng.

Xavfli vazifani bajarish uchun Norvegiya harbiylari urushdan qolgan o‘q-dorilar bilan ishlashda katta tajribaga ega belgiyalik mutaxassislarni olib kelishdi.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan 250 metr radiusdagi aholi evakuasiya qilindi, bir yarim kilometr uzoqlikdagilarga esa uyda qolish tavsiya qilindi.

Kiritildi: 17:42 23.03.2025. O'qildi: 585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!