Norvegiya polisiyasi Latviya rasmiylarining so‘roviga ko‘ra, Boltiq dengizidagi suvosti aloqa kabelini buzganlikda gumon qilib, Rossiya ekipaji bilan Silver Dania kemasini qo‘lga oldi.
Kema Tromsyo portiga yetkazildi, deya xabar berdi polisiya.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari Silver Dania bortida tintuv o‘tkazmoqda, shuningdek, dalillarni to‘plash bilan shug‘ullanmoqda. Sankt-Peterburg va Murmansk o‘rtasida harakatlanayotgan kema Norvegiyada ro‘yxatdan o‘tgan, uning egasi Norvegiya yuridik shaxsi hisoblanadi.