Bugun Londonda bo‘lib o‘tgan Ukraina bo‘yicha sammit sharmandali tomosha bo‘ldi, deb hisoblaydi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.
"Trampga qarshi rusofobik ittifoq Londonda Kiyevdagi nasist axlatiga sodiqlik va’da qilish uchun yig‘ildi. Bu sharmandali tomosha Oval kabinetdagi masxarabozning ich ketishidan ham battar" - deb yozadi siyosatchi X.
"Ular oxirgi ukrainalikgacha urushni davom ettirmoqchi!" - qo‘shimcha qildi Medvedev.
Yakshanba kuni Londonda Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Ruminiya, Finlyandiya, Fransiya, Chexiya, Shvesiya rahbarlari, shuningdek, Vladimir Zelenskiy, Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen, Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Kosta va NATO bosh kotibi Markte ishtirok etgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Sammit ishtirokchilari Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirishga va’da berishdi.